
ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODINI O‘QITISHGA INNOVATSION YONDASHUV
Mazkur monografiya umumiy o‘rta ta’lim maktablari yuqori sinflarida g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan. Ta’lim jarayonida ijodkor shaxsiyati hamda ijod yo‘liga yangicha yondashgan holda turli usullarni qo‘llash samaradorligiga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, jamiyatimizdagi katta hayotiy tajribaga ega turli kasb egalaridan Alisher Navoiy shaxsiyati borasidagi ma’lumotlari yuzasidan olingan so‘rovnoma natijalari taqdim etilgan va tahlil qilingan. Kitob adabiyotshunoslar, oliy o‘quv yurtlarining filologiya fakulteti talabalari, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari, umuman, barcha adabiyot ixlosmandlariga mo‘ljallangan.
O'xshash kitoblar
Yana Filologiya mavzusidagi kitoblar

SODDA GAP QOLIPLARINING NUTQIY VOQELANISHI
Yuldosheva Nilufar Ergashevna

BADIIY TARJIMA TAMOYILLARI
Barno Bo'ronova

O‘ZBEK ETNOFOLKLORSHUNOSLIGI: SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOT OMILLARI
Munis Jo'rayeva

«GO‘RO‘G‘LI» DOSTONLARINING GЕNЕZISI VA TADRIJIY BOSQICHLARI
Shomirza Turdimov