
Onomastikaning tarkibiy qismi bo‘lgan o‘zbek tilining ergonimik makrotizimi ilk bor monografik planda o‘rganilgan. Tadqiqot ishi uchun Toshkent shahri ergonimikonidan o‘rin olgan 10 000dan ortiq ergonimlar asos qilib olingan. Ba’zi o‘rinlarda ergonimlarning hududiy xoslanishi masalalarini tahlil qilishda boshqa hududlaridagi nomlardan ham foydalanilgan. Monografiya ergonimlarning struktur-semantik, pragmatik va lingvomadaniy xususiyatlari tahliliga bag‘ishlangan bo’lib, unda o‘zbek tilining ergonimik makrotizimi, tarkibiy qismlari, shuningdek, o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan neymimg, reklama kabi sohalar uyg‘unligi, ergonimlarning atalish tamoyillari va nominatsiya qonuniyatlari, struktur va derivatsion xususiyatlari, ergonimlar nominatsiyasida informativlik, kommunikativ natijaviylik, nutqiy ta’sir ko‘rsatish, ishoraviylik va axborot ifodalash hodisasi, ergonimlarning milliy-madaniy xususiyatlari kabi masalalar o‘rganilgan.
O'xshash kitoblar
Yana Filologiya mavzusidagi kitoblar

Istiqlol davri o‘zbek she’riyatida janrlar modifikatsiyasi
Quvonch Mamiraliyev

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR VA BOBURIY IJODKORLAR TARIXI
Sherxon Qorayev

Tafakkur va tasavvur
Maqsud Asadov

INGLIS HÁM QARAQALPAQ TILLERINDEGI «MOTHER/ANA» KONCEPTIN LINGVOMÁDENIY ASPEKTTE IZERTLEW
Usenova Gulmira Abillaevna